Ma’lumki 1 aprel kuni O‘zbekistonda COVID-19ga qarshi vaksinatsiya jarayoni boshlangan edi. Hozirgi kunda ham emlash jarayoni jadal suratda davom ettirilmoqda. SSV ning ma’lumotiga ko’ra, 28.07.2021 sanagacha 1 149 687 nafar fuqoro to’liq emlangan. Emlash dastlab AstraZeneca va xitoy-o‘zbek ZF-UZ-VAS2001 vaksinalari bilan boshlandi. Keyin “Sputnik V” vaksinasi olib kelindi. 30.07.2021 sanada esa 3 mln 600ming doza Moderna vaksinasi keltirildi. Bizda va dunyo bo’ycha ishlatilayotgan vaksinalar tayyorlanish texnalogiyasi va samaradorligi bo’yicha bir-biridan farq qiladi. COVID-19ga qarshi vaksinalar haqida qisqacha ma’lumot berib o’tamiz.
Xitoy-o‘zbek ZF-UZ-VAS2001 vaksinaci.

Zifivax (ZF2001), savdo nomi RBD-Dimer, Xitoy Fanlar Akademiyasi Mikrobiologiya Instituti bilan hamkorlikda Anhui Zhifei Longcom tomonidan ishlab chiqilgan rekombinant COVID-19 vaksinasi . 2020 yil dekabr oyida vaksina III bosqich sinovlaridan o’tdi, unda Xitoy, Ekvador, Malayziya, Pokiston va O’zbekistonda 29 ming ko’ngilli qatnashdi .
2020 yil dekabr oyida O’zbekistonda 18 yoshdan 59 yoshgacha bo’lgan 5 ming ko’ngilli ishtirokida ZF2001 III bosqichi klinik sinovlari boshlandi.
2021 yil 1 martda O’zbekiston ZF2001 (ZF-UZ-VAC 2001 savdo nomi bilan) ni tasdiqladi . Mart oyida O’zbekiston 1 million keltirildi va 1 apreldan emlash boshlandi . 30.07.2021 sanagacha 8,5 million doza ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi keltirildi.
Xitoy 15 mart kuni ZF2001 vaksinasini favqulodda vaziyatlarda foydalanishga ruhsat berdi.
Vaksina tarkibida butun virus tutmaydi, balki immunitetni rag’batlantirish uchun maxsus tanlangan virusli zarralarni (parchalari) o’z ichiga oladi. Parchalar kasallikka olib kela olmasligi sababli, bunday vaktsina juda xavfsiz hisoblanadi . Bu texnalogiya bo’yicha ko’lab vaksinalar tayyorlanadi. Ko’k yo’tal, qoqshol, gepatit B, bo’g’ma va meningokokkli meningit kabi kasalliklarga qarshi vaksinalar shular jumlasidandir.
To’liq emlanish uchun preperat 3 doza qabul qilinadi. Bu 2 oy ichida amalga oshiriladi.
The Lancet jurnalida e’lon qilingan II bosqich sinov natijalariga ko’ra vaksina samaradorligi 92% dan 97% gachani tashkil etadi.
AstraZeneca

Britan-shved ishlab chiqaruvchilari tomonidan tayyorlangan vektorli vaksina. Bu vaksina shimpanze adenovirusiga COVID-19 virusining S-oqsili genini kiritish orqali tayyorlanadi. Texnologiyaning o’zi yangi, ilgari sog’liqni saqlashda qo’llanilmagan deb atash mumkin. Vektorli dorilarni ishlab chiqaruvchilarning afzalliklaridan biri bu ularning yaratilish tezligidir.
2021 yil mart oyida emlashning uchinchi bosqichi ma’lumotlari e’lon qilindi. Ushbu ma’lumotlarga ko’ra, preparat koronavirus kasalligidan 79% va og’ir asoratlardan 100% himoya qiladi.
Vaksina 8-12 hafta oralig’I bilan 2 marta emlanadi.
Vaktsina Evropa Ittifoqi mamlakatlarida foydalanish uchun ro’yxatdan o’tgan. Yana 20 ta mamlakatda, shu jumladan O’zbekistonda ham foydalanishga ruhsat berilgan.
Sputnik V (Gam-COVID-Vak,)

Bu dunyoda erkin muomalaga chiqarilgan birinchi vaksina hisoblanadi. Uning samaradorligi 91,4% ni tashkil etadi va 100% hollarda kasallikning og’ir shaklini rivojlanishiga to’sqinlik qiladi.
Bu vaksina tayyorlanish tehnalogiyasi AstraZeneca vaksinasiga o’shash, faqat Sputnik V da odam adenovirusi ishlatiladi.
Vaksina 8-12 hafta oralig’I bilan 2 marta emlanadi.
Moderna

Amerikada ishlab chiqarilgan vaksina. Bu vaksinada susaytirgan yoki o’ldirilgan butun mikroorganizmlar yoki ularning bo’laklari bo’lmaydi, balki o’ziga xos oqsillarni hosil qiluvchi DNK va RNKlarni o’z ichiga oladi. Bu laboratoriya sharoitida sun’iy ravishda ko’paytiriladigan patogenning genetik materialidir. DNK va RNK tarkibida bizning hujayralarimiz oqsillarni hosil qilish uchun foydalanadigan kod mavjud. Bunday holda, DNK avval xabarchi RNKga aylanadi, keyinchalik u o’ziga xos oqsillarni ishlab chiqarish uchun dastur sifatida ishlatiladi. Bu yangi tehnalogiya hisoblanadi. Avval bu usul bilan vaksina ishlab chiqilmagan.
III bosqich klinik tekshiruvidan olingan dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, emlash samaradorligi ham 94% deb baholanmoqda. Kompaniya qaroriga ko’ra, tadqiqotlar 2022 yil oxirigacha davom etadi.
Moderna vaksinasi 28 kun oraliq vaqt bilan 2 marta emlanadi.
Pfizer-BioNTech

Amerikaning Pfizer kompaniyasi va uning nemis sherigi BioNTech tomonidan ishlab chiqarilgan vaksina Evropa Ittifoqida birinchi bo’lib ro’yxatdan o’tkazildi. 2020 yil 9-noyabr kuni klinik sinovlarning uchinchi bosqichi yakunlandi. Evropa Ittifoqi mamlakatlaridan tashqari, vaktsina Avstraliya, Saudiya Arabistoni, Shveytsariya, Norvegiya, Islandiya, Serbiya va boshqa ba’zi mamlakatlarda qo’llaniladi.
Vaksina -70°C haroratda saqlanishi kerak. Bu vaksinani tashishda va saqlashda bir muncha qiyinchiliklar tug’diradi.
Isroilda ommaviy emlashga asoslangan so’nggi tadqiqot tomonidan tasdiqlangan Pfizer ishlab chiqish samaradorligi (25.02.2021 dan olingan ma’lumotlar) 94%ni tashkil etdi.
Tayyorlanish tehnalogiyasi Moderna vaksinasi bilan deyali bir hil.
Vaksina 21-28 kun oraliq vaqt bilan 2 marta emlanadi.
Jonson & Jonson

Amerikaning yana bir adenovirus vektorli vaksinasi. Klinik tadkikotlarning uchinchi bosqichi natijalariga ko’ra, turli mintaqalarda samaradorlik 66 dan 72%gacha bo’lgan. Koronavirusning og’ir turidan himoyalanishning samaradorligi barcha guruhlarida 85% ni tashkil qiladi.
Tayyorlanish tehnalogiyasi Sputnik V va AstraZeneca vaksinalariga o’hshaydi.
Vaksina 14 kundan kam bo’lmagan oraliq vaqt bilan 2 marta emlanadi.
CoronaVac

Xitoyning Sinovac Biotech biofarmatsevtika kompaniyasining inaktivatsiyalangan vaksinasi, bahsli samaradorlik natijalarini ko’rsatmoqda. Turli tadqiqotlarga ko’ra, uning samaradorligi 50 dan 91%gacha, bu o’rtacha evropalik va rossiyaliklarga qaraganda ancha past. Faqat Xitoyda qo’llaniladi. Yana 9 ta davlat (Ozarbayjon, Boliviya, Braziliya, Indoneziya, Kolumbiya, Laos, Turkiya, Chili, Urugvay) CoronaVac-ni favqulodda holatlarda foydalanishga tasdiqladi.
Vaksina 2-4 xafta oraliq vaqt bilan 2 marta emlanadi.