Vaksinalar qanday tayyorlanishini bilasizmi?

Mana yaqin ikki yildan beri butun dunyoda CОVID-19 vabosi avj olib tarqalmoqda. Bu vabo bilan kurashishning xozirda eng umid bag’ishlovchi yo’li vaksinatsiya hisoblanadi. Butun dunyoda ommaviy emlash chora tadbirlari ko’rilmiqda. Vaksinalar turlari ko’p va yanada ko’payib bormoqda. Bu vaksinalar bir-biri bilan nimasi bilan farq qilishi ko’pchilikka qiziq bo’sa kerak. Ushbu maqolada vaksinalar haqida qisqacha tanishtiramiz.

Vaktsinalar turlari.

Tarkibiga ko’ra, vaksina ishlab chiqishda uchta asosiy yondashuv mavjud:

  • Butun virus yoki bakteriya;
  • Immunitet hosil qiladigan mikroorganizmning parchalari;
  • O’ziga xos oqsillarni sintez qilish kodini o’z ichiga olgan genetik material.

O’ldirilgan (инактивированная) vaksina.

Vaktsinani yaratishning bu usulida patogen virus yoki bakteriyalarni yoki ularga juda o’xshash mikroorganizmlardan foydalanadi, ular kimyoviy moddalar, issiqlik yoki nurlanish yordamida inaktivatsiya qiladi (o’ldiradi). Ushbu usul odamlarni samarali himoya qilishi isbotlangan texnologiya hisoblanadi. Bu usulda xozirda gripp va poliomiyelitga qarshi vaksinalar ishlab chiqariladi va juda katta miqdordagi vaktsinalar ishlab chiqarishga imkon beradi.

Biroq, bu usul maxsus laboratoriya sharoitlarini talab qiladi va nisbatan ko’proq vaqt sarflanadi. Organizmda immunitet hosil qilishi uchun ikki yoki uch marta emlash talab etiladi.

Xitoyning “CoronaVac” vaksinasi shu usulda tayyorlanadi.

Tirik susaytirilgan vaksina.

Tirik vaktsinada zaiflashgan yoki juda o’xshash virus ishlatiladi. Ushbu turdagi vaktsinalarga yurtimizda emlash kalendariga kiritilgan qizilcha, tepki va qizilcha (КПК) vaksinasi va suvchechakka qarshi vaksina misol bo’la oladi. Ushbu usulda o’ldirilgan vaksina ishlab chiqarishga o’xshash texnologiya qo’llaniladi va uni ommaviy ishlab chiqarish uchun ishlatish mumkin. Biroq, ushbu turdagi emlash immun tizimi zaif odamlarga mos kelmasligi mumkin.

 Virusli vektorli vaksina.

Ushbu turdagi vaksinada bir havfsiz virus tanlanib, unga kasallik chaqiruvchi virusning organismda immun javob chaqiruvchi maxsus subelementlari (oqsillari) kiritiladi, shuning uchun emlash kasallikni keltirib chiqarmay immunitetni shakllantiradi. Shu maqsadda tegishli patogenning ayrim qismlarini hosil qilish uchun xavfsiz virusga kod kiritiladi.

 Rossiyaning “Sputnik V”AstraZeneca va Johnson & Johnson vaksinalari shu usulda tayyorlanadi.

Subunit vaksinalar.

Subunit vaktsinalarida faqat immun tizim tanishi kerak bo’lgan virus yoki bakteriyalarning o’ziga xos qismlari (subbirliklari) ishlatiladi. Ularda butun mikroorganizmlar yoki zararsiz viruslar mavjud emas. Virus oqsilari yoki uglevodlaridan subbirlik sifatida foydalanish mumkin. Subunit vaktsinalar juda havfsiz hisoblanadi. Lekin o’zida mikroorganizm xaqida  to’liq ma’lumot saqlamaganligi uchun samaradorligi cheklangan bo’lishi mumkin.

Bolalarda  emlash jadvalida ishlatiladigan vaksinalarning aksariyati subbiriklar bo’lib, ko’k yo’tal, qoqshol, bo’g’ma va meningokokkli meningit kabi kasalliklardan himoya qiladi.

Hozirda O’zbekistonda keng ishlatilayotgan ZF-UZ-VAC 2001 o’zbek-xitoy vaksinasi ham shu yo’l bilan ishlab chiqilgan.

Genetik materialga asoslangan vaksinalar (nuklein kislotalarga asoslangan).

Bu  vaksinada susaytirgan o’ldirilgan butun mikroorganizmlar yoki ularning bo’laklari bo’lmaydi,  balki o’ziga xos oqsillarni hosil qiluvchi DNK va RNKlarni o’z ichiga oladi. DNK va RNK tarkibida bizning hujayralarimiz oqsillarni hosil qilish uchun foydalanadigan kod mavjud. Bunday holda, DNK avval xabarchi RNKga aylanadi, keyinchalik u o’ziga xos oqsillarni ishlab chiqarish uchun dastur sifatida ishlatiladi.

Nuklein kislota asosidagi vaksina tanamiz hujayralariga DNK yoki mRNK ko’rinishidagi aniq ko’rsatmalar to’plamini etkazib beradi, bu esa tanamizning immun tizimi taniydigan va immunitetga javob beradigan kerakli kerakli oqsillar sintez qilishga undaydi.

Genetik materialdan foydalanadigan texnologiya vaksinalarni ishlab chiqarishning yangi usuli hisoblanadi. COVID-19 pandemiyasidan oldin bu usulda vaksina ishlab chiqilmagan. Faqat saraton kasalligining ba’zi turlariga qarshi vaksina ishlab chiqish jarayoni boshlangan edi. Pandemiya tufayli ushbu sohadagi tadqiqotlar juda tez rivojlandi va mRNK asosidagi  COVID-19 vaktsinalari ishlab chiqildi.

Bu usulda Pfizer- BioNTech va Moderna vaksinalari ishlab chiqilgan.

Добавить комментарий